«O'zmetkombinat» AJda ishga qabul qilish qonunchilikka va kombinatdagi ichki hujjatlarga asoslanadi. Bo'sh ish o'rinlari haqida ma'lumotlar rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar hamda Xodimlar va ijtimoiy rivojlanish direksiyasi orqali e'lon qilinadi. Nomzodlar test sinovlaridan o'tkaziladi, so'ngra mutaxassislikka doir suhbat va rahbarlar bilan uchrashuvlar o'tkaziladi. Qabul qilish qarorini tanlov natijalari va hujjatlar to'liqligi asosida rahbariyat qabul qiladi.
Kombinatda xodimlarni boshqa doimiy va vaqtincha boshqa ishga o'tkazishda O'zbekiston Respublikasining Mehnat qonunchiligi va kombinat lokal hujjatlariga muvofiq faqat ish beruvchi va xodimning o'zaro roziligi asosida amalga oshiriladi. Bunday o'tkazish xizmat zaruratidan kelib chiqqan holda yozma ariza va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
Agar xodim o'z huquqlari buzilgan deb hisoblasa, avvalo o'z rahbariga yoki Xodimlar va tashkiliy rivojlanish direksiyasiga yozma murojaat yo'llashi kerak. Agar masala hal etilmasa, kasaba uyushmasiga murojaat qilish mumkin. Zarur hollarda mehnat muammolari bo'yicha sudga yoki mehnat inspeksiyasiga ham murojaat etish mumkin.
Kadrlar yo'nalishidagi arizalarni ko'rib chiqish muddati bir qator omillarga bog'liq: bo'sh ish o'rni mavjudligi, o'rinni saqlash zarurati, rahbarlar orasida kelishuv jarayoni va ishchi faoliyatining baholanishi. Oddiy holatda ariza 3 ish kuni ichida ko'rib chiqilishi lozim.
Ha, ish xaqi saqlanmagan ta'tillar taraflar kelishuviga ko'ra amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga va jamoa shartnomasiga asosan, xodim shaxsiy yoki oilaviy sabablarga ko'ra ish haqisiz ta'til so'rash huquqiga ega.
O'zbekiston Respublikasi MKning 116-moddasiga asosan bir necha kasbda ishlash, xizmat ko'rsatish doirasini kengaytirish, ish hajmini ko'paytirish, vaqtincha yo'q bo'lgan xodimning majburiyatlarini bajarish ish beruvchining buyrug'i bilan rasmiylashtiriladi hamda qo'shimcha ravishda haq to'lanadi.
Qo'shimcha vazifa yuklash haqida qaror korxona rahbariyati tomonidan qabul qilinadi. Har qanday 'sovmeshenie' rasmiy buyruq bilan tasdiqlanishi shart. Agar bunday buyruq mavjud bo'lmasa, xodim bu ishni bajarishdan qonuniy ravishda bosh tortishi mumkin.
Rotatsiya — bu xodimni yangi vazifaga, boshqa bo'limga yoki lavozimga vaqtincha ish o'rganish uchun o'tkazishdir. Bu, odatda, xodim salohiyatini oshirish, malakasini kengaytirish yoki xizmat zaruratidan kelib chiqqan holatlarda amalga oshiriladi.
Ha, «O'zmetkombinat» AJning hududiy filiallarida jismoniy shaxs sifatida qora metall parchalari va chiqindilarini topshirish imkoniyati mavjud. Bunda qora metall parchalari va chiqindilarini qabul qilish 'IQM' filiali yoki uchastkasiga shaxsiy pasporti bilan kelib va belgilangan tartibda rasmiylashtirish talab etiladi.
Qora metall parchalari va chiqindilari sifati bo'yicha talablar O'zbekiston Respublikasida amal qiladigan davlat standartlari (GOST 2787-2024), O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-iyundagi 425-sonli qarori va «O'zmetkombinat» AJning ichki texnik talablari asosida baholanadi.