


"8-mart — Xalqaro xotin-qizlar" kuni munosabati bilan Respublika konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashining Bekobod shahar hududiy filiali tomonidan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faxriylari kengashi raisi, O‘zbekiston Qahramoni Aleksandr Farmonov hamda filial rahbari Ilhom Qurbonov ishtirok etib, munis va fidoyi ayollarni samimiy tabrikladilar. Ular o‘z nutqlarida xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, mehnat faoliyati hamda ko‘p yillik fidokorona xizmatlari alohida e’tirofga loyiq ekanini ta’kidladilar.
Tadbir doirasida ko‘p yillik samarali mehnati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun mehnat faxriylari Zamira Xudoyorova va Olga Lozovaya “Faol faxriy” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Shuningdek, kengash faoliyati rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faxriy ayollarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Samimiy va bayramona ruhda o‘tgan mazkur tadbir barcha ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, xotin-qizlarga bo‘lgan ehtirom va e’tiborning yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.