O'zmetkombinat
Aksiyadorlik jamiyati

“O‘ZMETKOMBINAT” AJ VA GERMANIYA O‘RTASIDA SAMARALI HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga rasmiy tashrifi doirasida bo‘lib o‘tgan qo‘shma biznes-forumda “yashil” energetika, qazib chiqarish, kimyo, farmatsevtika, transport infratuzilmasi, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, innovatsiya va boshqa sohalardagi kooperatsiya loyihalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Jumladan, “O‘zmetkombinat” AJ va “M7 METALS” o‘rtasida metall prokatini sotish va metall mahsulotlari eksporti bo‘yicha shartnomalar tuzish maqsadida memorandum imzolandi.

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash va qo‘shma loyihalar soni ikki barobar ortib, Germaniyadan O‘zbekistonga investitsiyalar hajmi 5,5 milliard dollarga yetdi.

Ma’lumot uchun: “O‘zmetkombinat” AJ “Quyuv prokatlash majmuasini qurish” loyihasi doirasida “Danieli GmbH” korxonasi bilan asosiy texnologik asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolagan.

Manba: uzbeksteel.uz